Yo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)

183-band. 29-bob. Mansabdor shaxslarning va fuqarolarning yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, transport vositalarini yo'lga chiqarish, raqam va taniqli belgilarini o'rnatish bo'yicha majburiyatlari — 183-band

Qonunchilik hujjatlarida ko'zda tutilgan hollarda tegishli mansabdor va boshqa shaxslar tomonidan DYHXX bilan belgilangan tartibda quyidagilar kelishilishi shart: shaharlarda va avtomobil yo'llarida yo'l harakatini tashkil etishni loyihalash, yo'l harakatini tashkil etishning texnik vositalari bilan jihozlash va qayta jihozlash; ushbu Qoidalarning 164-bandida keltirilgan transport vositalarining harakatlanishi; ro'yxatdan o'tkazilgan transport vositalari kontruktsiyasiga yo'l harakati xavfsizligi ta'minlanishiga ta'sir qiladigan o'zgartirishlar kiritish; yo'nalishli transport vositalari yo'nalishlari va bekatlarining joylashishi; yo'llarda ommaviy sport va boshqa tadbirlarni o'tkazish; transport vositalarini qayta jihozlash, ularga maxsus yorug'lik va tovush ishoralarini o'rnatish, transport vositalari kuzovi yuzalariga rangli rasmlar, yozuvlar va sxemalar, qiya oq chiziqlar tortish; ta'mirlash ishlari olib boriladigan yo'l uchastkalarida harakatni tashkil etish chizmasi; yo'llarni, temir yo'llar kesishmalarini, shuningdek, avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchalarini va yo'llar bo'ylab hamda yo'l bo'yi hududlarida joylashgan boshqa inshootlarni qurish, rekonstruktsiya qilish hamda kapital ta'mirlash loyihalarini yo'l harakatini tashkil etishga oid qism bo'yicha; yo'l va uning hududlarida har qanday ob'yektlarning loyihalarini; boshqarishni o'rgatish ruxsat etilgan yo'llar ro'yxati va chizmasi; harakat xavfsizligi bo'yicha mutaxassislarni, avtomototransport vositalari yoki shahar elektr transporti vositalarini boshqarishni o'rgatish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar instruktori va haydovchilarni tayyorlash dasturlari; tezlikning belgilangan me'yordan oshirilishi yoki kamaytirilishi yuzasidan qarorlarni; yo'llarda sun'iy notekislik va shlagbaumni o'rnatish. Baland piyodalar o'tish joylarini tashkil etish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.