Yo'llarda ta'mirlash ishlarini bajarishga javobgar bo'lgan mansabdor va boshqa shaxslar ishlar olib borilayotgan joylarda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga majbur. Bunday joylar, shuningdek, yo'ldan tashqariga olib chiqish imkoniyati bo'lmagan ish bajarmayotgan yo'l mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va shunga o'xshashlar tegishli yo'l belgilari, yo'naltiruvchi va to'suvchi moslamalar bilan, sutkaning qorong'i vaqtida va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda esa qo'shimcha qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan belgilanishi kerak.
Ta'mirlash ishlari tugagandan so'ng transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi ta'minlangan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
182-band. 29-bob. Mansabdor shaxslarning va fuqarolarning yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, transport vositalarini yo'lga chiqarish, raqam va taniqli belgilarini o'rnatish bo'yicha majburiyatlari — 182-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.