Zarg'aldoq yoki sariq rangli miltillovchi chiroq-mayoqcha quyidagilarga o'rnatiladi:
yo'lda qurilish, ta'mirlash yoki tozalash ishlarini, shikastlangan, nosoz transport vositalarini ortish va tashish ishlarini bajarayotgan transport vositalariga;
katta hajmli, og'ir vaznli va xavfli yuklarni tashishni amalga oshirayotgan transport vositalariga;
katta hajmli, og'ir vaznli va xavfli yuklarni tashishni amalga oshirayotgan transport vositalarini kuzatib borayotgan transport vositalariga;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida mashq qilish tadbirlarini o'tkazishda velosipedchilarning tashkiliy guruhlarini kuzatib borishni amalga oshirayotgan transport vositalariga.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati qoidalari (VM qarori №172, 2022)
184-band. 29-bob. Mansabdor shaxslarning va fuqarolarning yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, transport vositalarini yo'lga chiqarish, raqam va taniqli belgilarini o'rnatish bo'yicha majburiyatlari — 184-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.