Yer kodeksi

80-modda. Ob'yektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar

(80-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 августдаги ЎРҚ-708-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.08.2021 й., 03/21/708/0799-сон)

Ob'yektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunchilik bilan belgilanadi. Yangi hamda rekonstruktsiya qilinadigan ob'yektlarni, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish, shuningdek yerlarning holatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan yangi texnologiyalarni joriy etish chog'ida yerlarni muhofaza qilish tadbirlari nazarda tutiladi va amalga oshiriladi. Yerlarning holatiga ishga tushirilayotgan ob'yekt yoki joriy etilayotgan texnologiyaning salbiy ta'sirini hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan nazarda tutilgan tadbirlarning samaradorligini baholash ekologiya ekspertizasi asosida o'tkaziladi. Yerlarni hosildan qolishdan yoki buzilishdan himoya qilish choralari bilan ta'minlanmagan hamda ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi bo'lmagan ob'yektlarni foydalanishga topshirish va bunday texnologiyalarni qo'llash taqiqlanadi. Yerlarning holatiga ta'sir ko'rsatadigan ob'yektlarni joylashtirish qonunchilikda belgilanadigan tartibda tabiatni muhofaza qilish, qishloq xo'jaligi, qurilish organlari va boshqa organlar bilan kelishib olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.