Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslanish natijasida ekologiya va sanitariya-gigiyenaga oid belgilangan talablarga javob beradigan mahsulot olish ta'minlanmayotgan yer uchastkalari qishloq xo'jaligi oborotidan chiqarilishi lozim va konservatsiya qilish uchun ularni zaxira yerlar jumlasiga o'tkazish mumkin. Bunday yerlarda qishloq xo'jaligi mahsuloti yetishtirish va realizatsiya qilish taqiqlanadi.
Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish, muhofaza zonalari belgilash, bunday yerlarda uy-joylarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy ahamiyatga molik ob'yektlarni saqlash, ularda melioratsiya va agrotexnika ishlarini o'tkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
81-modda. Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish
(81-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.