O'zbekiston Respublikasida yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko'ra quyidagi toifalarga bo'linadi:
1) qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar — qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo'ljallangan yerlar. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar ushbu Kodeksning 43-moddasiga muvofiq turlarga bo'linadi;
2) aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari — shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;
3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlar — ko'rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;
4) tabiatni muhofaza qilish, sog'lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo'ljallangan yerlar — muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog'lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar;
5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — moddiy madaniy meros ob'yektlari joylashgan yerlar;
6) o'rmon fondi yerlari — o'rmon bilan qoplangan, shuningdek o'rmon bilan qoplanmagan bo'lsa ham, o'rmon xo'jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;
7) suv fondi yerlari — suv ob'yektlari, suv xo'jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv ob'yektlarining qirg'oqlari bo'ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;
8) zaxira yerlar.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
8-modda. Yer fondi toifalari
(8-модданинг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1062-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1062/0410-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.