Yer kodeksi

77-modda. Suv fondi yerlari

(77-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Suv havzalari (daryolar, ko'llar, suv omborlari va shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xo'jaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek suv havzalarining va boshqa suv ob'yektlarining qirg'oqlari bo'ylab ajratilgan mintaqadagi suv xo'jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi. Daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining, shuningdek ichimlik va ro'zg'or suv ta'minoti, aholining davolash hamda madaniy-sog'lomlashtirish ehtiyojlariga xizmat qiladigan manbalar qirg'og'i bo'ylab qonunchilikda belgilanadigan tartibda suvni muhofaza qilish zonalari va qirg'oq bo'yi mintaqalari ajratiladi. Daryolar, magistral kanallar, kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining qirg'oq bo'yi mintaqalari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qo'yilishi mumkin. Suv fondi yerlarida suv ob'yektlariga salbiy ta'sir ko'rsatadigan xo'jalik faoliyati yuritish va qurilish ishlari olib borish taqiqlanadi. Suv fondi yerlaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.