O'rmon xo'jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar o'rmon fondi yerlari deb e'tirof etiladi.
Boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlar o'rmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini to'xtatish, shaharlar va sanoat markazlari atrofida ihota o'rmonzorlar va ko'kalamzor zonalar yaratish uchun belgilangan tartibda o'rmon fondi yerlari tarkibiga o'tkazilishi mumkin.
Davlat o'rmon xo'jaligi organlari o'rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auktsion orqali ijara huquqi asosida berishi mumkin. O'rmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida uch yildan kam bo'lmagan va qirq to'qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.
O'rmon fondi yerlaridan foydalanish tartibi maxsus qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
76-modda. O'rmon fondi yerlari
(76-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 6 июндаги ЎРҚ-775-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.06.2022 й., 03/22/775/0477-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.