Yer kodeksi

78-modda. Zaxira yerlar

(78-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Ushbu Kodeks 8-moddasining 1-7-bandlarida ko'rsatilgan yer fondi toifalariga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan (realizatsiya qilinmagan) barcha yerlar zaxira yerlardir. Zaxira yerlar yer fondi toifasi o'zgartirilmagan holda davlat mulki sifatida davlat ro'yxatidan o'tkaziladi, tumanlar, shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufida bo'ladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun berishga mo'ljallanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.