«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

23-modda. Himoya orderini berish

(23-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)

Himoya orderi tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi. Tazyiq o'tkazgan va (yoki) zo'ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo'lgan shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi. Himoya orderini bergan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxsni himoya orderining shartlari hamda uni bajarmaslik oqibatlari va zo'ravonlik xulq-atvorini o'zgartirish bo'yicha tuzatish dasturlaridan o'tish zarurligi to'g'risida xabardor qiladi. Shaxs himoya orderini olish to'g'risidagi tegishli hujjatni imzolashni rad etgan taqdirda, himoya orderini topshirayotgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan xolislar ishtirokida dalolatnoma tuziladi. Tegishli hududda tazyiq va zo'ravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq va zo'ravonlik fakti yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e'tiboran 24 soat ichida himoya orderini o'ttiz kun muddatgacha beradi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi. Agar tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchi hamda tazyiq o'tkazgan va (yoki) zo'ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo'lgan shaxs bir joyda ishlasa yoki o'qisa, tegishli hududda tazyiq va zo'ravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshiruvchi ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan jabrlanuvchiga himoya orderi berilganidan keyin bir ish kuni ichida tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchining ish yoki o'qish joyiga, agar tazyiq o'tkazgan va (yoki) zo'ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo'lgan shaxs tashkilot rahbari bo'lsa, yuqori turuvchi organga, jabrlanuvchi va tazyiq o'tkazgan va (yoki) zo'ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo'lgan shaxs o'rtasidagi bevosita aloqani taqiqlash to'g'risida taqdimnoma yuboriladi. Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchi ishlayotgan yoki ta'lim olayotgan tashkilot rahbari taqdimnomani olganidan keyin, uch ish kuni ichida jabrlanuvchi hamda tazyiq o'tkazgan va (yoki) zo'ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo'lgan shaxs o'rtasidagi bevosita aloqani bartaraf etishga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradi. Agar xavf hali bartaraf etilmagan bo'lsa, himoya orderining amal qilish muddati tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga ko'ra ko'pi bilan bir yilgacha muddatga jinoyat ishlari bo'yicha sud tomonidan uzaytirilishi mumkin. Himoya orderini berish yoki himoya orderini berishni yoxud uzaytirishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Himoya orderi talablarining ijrosi ustidan nazorat ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi. Himoya orderining shakli va uni berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.