«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

22-modda. Profilaktika suhbati

Muayyan shaxsni jamiyatda umum qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishga ishontirish, g'ayriijtimoiy xulq-atvorning ijtimoiy hamda huquqiy oqibatlarini tushuntirish, shuningdek qonunda belgilangan javobgarlik to'g'risida ogohlantirish maqsadida profilaktika suhbati o'tkaziladi. Tazyiq va zo'ravonlik hollarini aniqlagan vakolatli organ vakili tomonidan profilaktika suhbati tazyiq o'tkazish va zo'ravonlik sodir etishga moyil shaxslar bilan qonunda belgilangan tartibda o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.