Ro'yxatdan o'tkazilgan diniy tashkilot adliya organlari tomonidan elektron tizimda yuritiladigan va hamma tanishib chiqishi uchun ochiq bo'lgan diniy tashkilotlar reyestriga (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) kiritiladi.
Reyestrda quyidagilar ko'rsatiladi:
diniy tashkilotning nomi va uning qaysi konfessiyaga mansubligi;
diniy tashkilotning joylashgan yeri (pochta manzili);
diniy tashkilot faoliyat ko'rsatadigan hudud;
tashabbuskorlar (ta'sischilar) ishtirokchilar to'g'risidagi axborot (familiyasi, ismi, otasining ismi), aloqa bog'lash uchun ma'lumotlar;
rahbar organning nomi va pochta manzili, aloqa bog'lash uchun ma'lumotlar;
diniy tashkilot ro'yxatdan o'tkazilgan sana va boshqa axborot.
lex.uz’dagi asl matn«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun
24-modda. Diniy tashkilotlar reyestri
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.