«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun

25-modda. Diniy tashkilotning faoliyatini to'xtatib turish

Diniy tashkilotning faoliyati, u O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarini buzgan taqdirda, sud tomonidan to'xtatib turilishi mumkin. Diniy tashkilot tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan, shuningdek tashkilotning o'z ustav maqsadlariga zid harakatlar sodir etilgan taqdirda, prokuratura organlari yoki ro'yxatdan o'tkazuvchi organ mazkur qoidabuzarliklarni bartaraf etish to'g'risidagi taqdimnomani ushbu diniy tashkilotning rahbar organlariga kiritadi hamda bu qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatini belgilaydi. Agar bu qoidabuzarliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, diniy tashkilot faoliyati prokuratura organlarining yoki ro'yxatdan o'tkazuvchi organning taqdimnomasi asosida sud qarori bilan olti oygacha bo'lgan muddatga to'xtatib turiladi. Favqulodda holat joriy etilgan taqdirda diniy tashkilotning faoliyatini to'xtatib turish tartibi qonunda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.