«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun

23-modda. Diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazishni rad etish uchun asoslar

Diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar: diniy tashkilotning tashkil etilishi konstitutsiyaviy tuzumni zo'rlik bilan o'zgartirish, O'zbekiston Respublikasining suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi chiqish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targ'ib etish, fuqarolarning sog'lig'iga va xalqning ma'naviyatiga tajovuz qilish maqsadini ko'zlagan bo'lsa; diniy tashkilotni tuzishning qonunda belgilangan tartibi buzilgan bo'lsa yoki taqdim etilgan hujjatlarda qonunchilikka nomuvofiqliklar mavjud bo'lsa; tuzilayotgan tashkilot diniy tashkilot sifatida e'tirof etilmagan bo'lsa; taqdim etilgan ta'sis hujjatlarida atayin noto'g'ri axborot mavjudligi aniqlangan bo'lsa. Ro'yxatdan o'tkazuvchi organning diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazishni rad etish to'g'risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.