Davlat xizmatlari, shu jumladan diniy tashkilotlarni ro'yxatdan o'tkazishda (qayta ro'yxatdan o'tkazishda) xizmatlar adliya organlarining elektron tizimi orqali ko'rsatiladi.
Elektron tizimga kirish elektron raqamli imzo yoki shaxsni identifikatsiyalash imkonini beruvchi boshqa usullar orqali amalga oshiriladi.
Murojaat qiluvchi elektron tizimga kirganidan keyin o'zining shaxsiy kabinetidagi tegishli murojaat turini tanlaydi, ma'lumotlarni bosqichma-bosqich kiritadi va hujjatlarni elektron tizim orqali yuboradi.
Elektron tizimda shakllantirilgan yoki adliya organlari tomonidan yuborilgan elektron hujjatlarda matritsali shtrix kod (QR-kod) va identifikatsiyalangan raqamlar mavjud bo'ladi. Bunda elektron hujjatda ko'rsatilgan identifikatsiyalangan raqamni elektron tizimning maxsus bo'limiga kiritish orqali elektron hujjat to'g'risidagi axborotni olish uchun imkoniyat yaratiladi.
Elektron tizimning ishlash tartibi, ma'lumotlarning turlari va shakllari, shuningdek elektron hujjatlarning namunalari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun
15-modda. Diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish (qayta ro'yxatdan o'tkazish) chog'ida davlat xizmatlari ko'rsatish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.