«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun

14-modda. Diniy tashkilotning ta'sis hujjati

Diniy tashkilotni tashkil etish tashabbuskorlari (ta'sischilari) tomonidan tasdiqlangan ustav diniy tashkilotning ta'sis hujjatidir. Diniy tashkilotning ustavida quyidagilar nazarda tutiladi: diniy tashkilotning nomi, turi, ta'limot asoslari to'g'risidagi axborot va unga mos keladigan diniy faoliyat haqidagi ma'lumotlar, uning tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), o'z faoliyatini qaysi hudud doirasida amalga oshirsa, o'sha hudud; maqsadi, vazifalari va faoliyatining asosiy turlari; diniy tashkilotning tuzilishi va rahbar organlari; diniy tashkilotning rahbar organlarining vakolat doirasi va ushbu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari muddatlari, doimiy asosda faoliyat ko'rsatadigan rahbar organning joylashgan yeri (pochta manzili); pul mablag'larini va boshqa mol-mulkni shakllantirish manbalari, diniy tashkilotning hamda uning tarkibiy bo'linmalarining mol-mulkni boshqarishga doir huquqlari; diniy tashkilotni qayta tashkil etish va tugatish tartibi, shuningdek diniy tashkilot tugatilgan taqdirda uning mol-mulkini tasarruf etish tartibi; ustavga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish tartibi. Ustavda diniy tashkilotning qonunchilikka zid bo'lmagan faoliyatiga taalluqli boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin. Diniy tashkilot ustavining talablari diniy tashkilotning o'zi, uni tuzish tashabbuskorlari (ta'sischilari) uchun majburiydir. Markaziy boshqaruv organlariga ega bo'lgan diniy tashkilotlarning ustavlari ushbu organlar bilan kelishilgan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.