Diniy tashkilotlarni ro'yxatdan o'tkazish adliya organlari (bundan buyon matnda ro'yxatdan o'tkazuvchi organlar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Markaziy boshqaruv organlarini va diniy ta'lim muassasalarini ro'yxatdan o'tkazish O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, mahalliy diniy tashkilotlarni ro'yxatdan o'tkazish esa tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi diniy tashkilotlarning chet el fuqarolari bo'lgan xodimlarini (rahbarlarini), shuningdek ularning o'z qaramog'ida bo'lgan oila a'zolarini akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi.
Diniy tashkilotlarni ro'yxatdan o'tkazganlik, diniy tashkilotlarning chet el fuqarolari bo'lgan xodimlarini, shuningdek ularning o'z qaramog'ida bo'lgan oila a'zolarini akkreditatsiya qilganlik uchun «Davlat boji to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazgan organ ushbu tashkilot faoliyatining ustav maqsadlariga va qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun
16-modda. Diniy tashkilotlarni ro'yxatdan o'tkazish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.