«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun

13-modda. Diniy tashkilotlar faoliyatining qo'shimcha kafolatlari

Diniy tashkilotlar o'z faoliyatini qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda amalga oshiradi. Diniy tashkilotlar o'z mulkida binolarga, inshootlarga, ibodat predmetlariga, ishlab chiqarish ob'yektlariga, ijtimoiy ob'yektlarga va xayriya uchun mo'ljallangan ob'yektlarga, o'z faoliyatini ta'minlash uchun zarur bo'lgan pul mablag'lariga va boshqa mol-mulkka ega bo'lishi mumkin. Diniy tashkilotlarning mulki qonun bilan qo'riqlanadi. Diniy tashkilotlar davlat organlarining g'ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Diniy tashkilotlar davlat organlarining g'ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining diniy tashkilotlar huquqlari va erkinliklarini buzuvchi harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to'lashdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.