Vasiylar yoki homiylar o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning mol-mulkini uni saqlashni amalga oshirgan shaxslardan vasiylik yoki homiylik belgilangan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida ro'yxat bo'yicha qabul qilib olishi shart.
Zarurat bo'lgan taqdirda, muomala layoqati cheklangan fuqarolarning va sog'lig'ining holatiga ko'ra homiylikka muhtoj bo'lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarning homiylari o'z homiyligidagi shaxslarning mol-mulkini ularning iltimosi bo'yicha ro'yxatga ko'ra qabul qilib olishga haqli.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mol-mulkining ro'yxati vasiylik va homiylik organi tomonidan vasiy yoki homiy, tegishli fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi vakillari, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs ishtirokida tuziladi.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mol-mulkining ro'yxatini tuzishda boshqa manfaatdor shaxslar ham ishtirok etishi mumkin.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mol-mulkining ro'yxati uch nusxada tuziladi va mol-mulk ro'yxatini tuzishda hozir bo'lgan shaxslar tomonidan imzolanadi. Ro'yxatning bir nusxasi vasiyga yoki homiyga topshiriladi, ikkinchi nusxasi vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning vasiylik va homiylik organi tomonidan yuritiladigan shaxsiy hujjatlar yig'majildida saqlanadi, uchinchi nusxasi esa, axborot tizimiga tegishli ma'lumotlarni kiritish uchun tuman (shahar) hokimligining bolalarni himoya qilish shu'basiga yuboriladi.
Zarurat bo'lganda, agar buni vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning qonuniy manfaatlari talab etsa, vasiy yoki homiy o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning mol-mulkini o'zganing qonunga xilof egaligidan talab qilib olish haqida sudga ariza berishi yoxud o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning mulkiy huquqlarini himoya qilish yuzasidan boshqa choralar ko'rishi shart.
Vasiylar va homiylar o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning o'ziga topshirilgan mol-mulkini asrab-avaylashi, mol-mulkning qiymati pasayishiga yo'l qo'ymasligi hamda undan foyda chiqarishga imkon tug'dirmasligi kerak. Vasiy va homiy tomonidan mazkur majburiyatlarning bajarilishi o'z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi.
Vasiylar o'z vasiyligidagi shaxslar nomidan tuzgan bitimlar yuzasidan belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun
36-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini muhofaza qilish
(36-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.