«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun

37-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlariga daxl qiladigan harakatlarni vasiy yoki homiy amalga oshirganida vasiylik va homiylik organlarining ruxsatlari

(37-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 14 январдаги ЎРҚ-602-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2020 й., 03/20/602/0052-сон)

Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan: vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo'lgan bitimlar tuzishga; mol-mulkni taqsimlashga; vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini bir yildan ortiq bo'lmagan muddatga garovga berishga; vasiylikdagi shaxsning turar joyini ayirboshlashga; vasiylikdagi shaxs nomidan meros va (yoki) hadya olishdan voz kechishga haqli. Agar vasiyning yoki homiyning harakatlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga qarashli mol-mulkning qiymati pasayishiga olib kelishi mumkin bo'lsa, barcha hollarda, xususan: vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning manfaatlarini ko'zlab berilgan da'vodan voz kechilganda; sud muhokamasida vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan kelishuv bitimini tuzishda; vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs da'vogar bo'lgan ijro ishini yuritish bo'yicha qarzdor bilan kelishuv bitimini tuzishda vasiylik va homiylik organlarining ruxsati talab etiladi. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan ishonchnoma berilgan taqdirda ham vasiylik va homiylik organining ruxsati talab etiladi. Vasiylik va homiylik organi rad etish sabablarini ko'rsatgan holda ruxsat berishni rad etishi mumkin. Vasiylik va homiylik organining ruxsati yoki ruxsat berishni rad etishi bunday ruxsatni berish to'g'risida ariza topshirilgan kundan e'tiboran o'n besh kundan kechiktirmasdan vasiyga yoki homiyga taqdim etilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.