«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun

35-modda. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini boshqarish

(35-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini boshqarish mol-mulkning joylashuvi bo'yicha belgilanadi. Vasiylar o'z vasiyligidagi shaxsning pul mablag'larini banklarga va boshqa kredit tashkilotlariga qo'yishga haqli. Vasiylikdagi shaxsning banklarga va boshqa kredit tashkilotlariga qo'yilgan pul mablag'larini vasiy tomonidan sarflash faqatgina vasiylikdagi shaxsning ta'minoti uchun vasiylik va homiylik organining yozma ruxsatiga ko'ra amalga oshiriladi. Sog'lig'ining holatiga ko'ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxslarning homiylari o'z homiyligidagi shaxsning roziligi bilan homiylikdagi shaxsning ta'minotiga va maishiy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan maishiy yoki boshqa bitimlar tuzadi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda homiylikdagi shaxsning mol-mulkini boshqarishni amalga oshiradi. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yo'l qo'yilmaydi. Sudning fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topish to'g'risidagi yoki uni vafot etgan deb e'lon qilish haqidagi hal qiluv qarori bekor qilingan taqdirda yoxud meros qabul qilinganda mol-mulkni boshqarish bekor qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.