«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

26-modda. Ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari

(26-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1155-сонли Қонунига асосан ўн иккинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1155/0616-сон)

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridir. Ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari o'z vakolatlari doirasida: ta'lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, o'qitish va tarbiyalash sohasida davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; ta'lim sohasidagi tarmoq davlat dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; ta'lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qiladi; davlat ta'lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta'lim va tarbiya davlat standarti) va davlat ta'lim talablarida kadrlarning ma'lumoti darajasiga hamda kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo'yilgan talablarning ta'lim tashkilotlari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; davlat ta'lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta'lim va tarbiya davlat standarti) hamda davlat ta'lim talablari ishlab chiqilishini ta'minlaydi va ularni tasdiqlaydi; ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash tartibini belgilaydi; o'rta maxsus ta'lim yo'nalishlari, professional ta'limning kasblar va mutaxassisliklari, oliy ta'limning bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, shuningdek bilim sohalari va ta'lim sohalari ro'yxatini tasdiqlaydi; ta'lim-tarbiya jarayoniga o'qitishning ilg'or shakllari, yangi pedagogik texnologiyalar, o'qitishning texnik va axborot vositalari joriy etilishini ta'minlaydi; ta'lim tashkilotlarida kadrlarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, o'quv dasturlarini takomillashtiradi; korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlarini inobatga olgan holda ta'lim muassasalarida huquqiy ta'lim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy jihatdan tayyorlash sifatini oshirishga, ta'lim dasturlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; ta'lim tashkilotlarini (bundan qo'shimcha ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi nodavlat ta'lim tashkilotlari mustasno) attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan, shuningdek ta'lim tashkilotlarining pedagog kadrlarini attestatsiyadan o'tkazadi; ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonining sifati monitoringini amalga oshiradi; maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va qo'shimcha ta'lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga lavozimlar va malaka toifalarini berish jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek unda ishtirok etadi; o'quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilishni tashkil etadi (bundan moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta'lim tashkilotlari mustasno); o'zlashtirishni baholashga, o'quv jarayonini, ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi, shuningdek eksternat tartibida ta'lim oluvchilarning toifalarini belgilaydi; nodavlat ta'lim tashkilotlariga litsenziyalar beradi, faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan shaxslardan xabarnomalar qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi; ta'lim tashkilotlarining reytingini aniqlaydi; davlat oliy ta'lim tashkilotlarining rektorlarini tayinlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; ta'lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etadi; ta'lim tashkilotlarida moddiy-texnika resurslaridan foydalanishga doir talablarni ishlab chiqadi; o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim tashkilotlariga nisbatan moddiy-texnik, infratuzilmaviy va parametrik talablarni belgilaydi; o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim tashkilotlari uchun darsliklar va o'quv qo'llanmalarini tayyorlash hamda nashr etish tartibini, shuningdek ularni yetkazib berishga va ulardan ta'lim tashkilotlarida foydalanishga qo'yiladigan talablarni belgilaydi; ta'lim to'g'risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlari to'g'risida tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va ta'lim tashkilotlariga taqdimnomalar kiritadi; ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. Ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hamda ular hududiy bo'linmalarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.