«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta'lim sohasidagi vakolatlari

(27-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari ta'lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda davlat ta'lim muassasalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, bundan respublika tasarrufidagi ta'lim muassasalari mustasno. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari: o'z vakolatlari doirasida tegishli hududda davlat ta'lim muassasalari uchun moliyalashtirish hajmini belgilaydi; fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan ta'lim tashkilotlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan hamkorlik qiladi; davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni (mikrouchastkalarni) belgilaydi; ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ta'lim tashkilotlariga ko'maklashadi; ta'lim oluvchilar uchun sifatli ta'limni, tarbiyani ta'minlash, ularning iste'dodini shakllantirish va namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur sharoitlar yaratish bo'yicha dasturlarni ishlab chiqadi; o'z vakolatlari doirasida ta'lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantiradi va nodavlat ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirishga ko'maklashadi; umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini ta'minlashga ko'maklashadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.