«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

23-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta'lim sohasidagi vakolatlari

(23-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 5 ноябрдаги ЎРҚ-990-сонли Қонунига асосан ўн еттинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.11.2024 й., 03/24/990/0892-сон — Кучга кириш санаси — 2025 йил 6 февраль)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: ta'lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; ta'lim sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta'minlaydi; ta'lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga rahbarlik qiladi; ta'lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazish tartibini tasdiqlash, pedagog kadrlarni va ilmiy xodimlarni attestatsiyadan o'tkazish, nodavlat ta'lim tashkilotlariga ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalar (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berish vakolatli organni ushbu sohada faoliyat boshlash to'g'risida xabardor qilish, ta'lim to'g'risidagi hujjatlarga apostil qo'yish tartibini belgilaydi; pedagogik kadrlarni ta'lim tashkilotlariga (bundan moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta'lim tashkilotlari mustasno) ishga qabul qilish va ular faoliyatini baholash tartibini belgilaydi; xorijiy davlatlarning ta'lim muassasalariga O'zbekiston Respublikasi hududida ta'lim faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga doir ruxsatnomalar beradi; xorijiy davlatlarda olingan ta'lim to'g'risidagi hujjatlarni tan olish tartibini belgilaydi; davlat namunasidagi ta'lim to'g'risidagi hujjatlarni tasdiqlaydi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta'lim to'g'risidagi hujjatlar berish tartibini belgilaydi; eksternat tartibida o'qitishga yo'l qo'yilmaydigan ta'lim yo'nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar ro'yxatini tasdiqlaydi; faqat davlat ta'lim muassasalarida o'qitiladigan ta'lim yo'nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar ro'yxatini tasdiqlaydi; davlat ta'lim muassasalari va tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi; davlat oliy ta'lim tashkilotlari rektorlarini, shuningdek davlat ishtirokida tashkil etiladigan oliy ta'lim tashkilotlari (davlat ulushi bo'lgan nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari, qo'shma ta'lim tashkilotlari, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan ta'lim tashkilotlari va boshqalar) rektorlarini (rahbarlarini) lavozimga tayinlaydi hamda egallab turgan lavozimidan ozod etadi; ta'lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta'lim tashkilotidan boshqasiga ko'chirish, shuningdek ularni o'qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini belgilaydi; ta'lim tashkilotlari reytingini aniqlash tartibini belgilaydi; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi; ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi; mehnat bozori talablarini prognoz va tahlil qilish asosida ta'lim tashkilotlarida kadrlarni tayyorlash bo'yicha davlat buyurtmalarini shakllantiradi; ta'lim tashkilotlariga nisbatan moddiy-texnik, infratuzilmaviy va parametrik talablarni belgilaydi (bundan o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim tashkilotlari mustasno); darsliklar va o'quv qo'llanmalarini tayyorlash hamda nashr etish tartibini, shuningdek ularni yetkazib berishga va ulardan ta'lim tashkilotlarida foydalanishga qo'yiladigan talablarni belgilaydi (bundan o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim tashkilotlari mustasno). O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.