Soliq kodeksi

413-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi

Soliq solish ob'yektlarining o'rtacha yillik qoldiq qiymati (o'rtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga ko'ra soliq solish ob'yektlarining qoldiq qiymatlarini (o'rtacha yillik qiymatlarini) qo'shishdan olingan summaning o'n ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. O'zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko'chmas mulk ob'yektlari bo'yicha soliq bazasi mazkur ob'yektlarga bo'lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda ko'rsatilgan qiymat asosida aniqlanadi. Soliq bazasi har bir soliq solish ob'yekti bo'yicha alohida aniqlanadi. Soliq to'lovchi tomonidan soliqni to'lash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritishning imkoni bo'lmasa, soliq bazasi soliq to'lanishi nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning jami sof tushum hajmidagi ulushiga qarab aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.