Soliq kodeksi

412-modda. Soliq bazasi

(412-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 мартдаги ЎРҚ-1122-сонли Қонунига асосан 4-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.03.2026 й., 03/26/1122/0250-сон)

Quyidagilar soliq bazasidir: 1) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan ob'yektlar bo'yicha — o'rtacha yillik qoldiq qiymati. Ko'chmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlang'ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to'lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya miqdori o'rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan ob'yektlarga nisbatan soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo'lishi mumkin emas: Toshkent shahrida — uch million besh yuz o'ttiz ming so'm; Nukus shahrida va viloyat markazlarida — ikki million uch yuz ellik ming so'm; boshqa shaharlarda va qishloq joylarda — bir million uch yuz to'qson ming so'm; Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 0,5 gacha bo'lgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin. Agar ob'yektning 1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past bo'lsa, soliq to'lovchi ko'chmas mulk ob'yektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to'lovchi tomonidan o'tgan ikki yilda o'tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e'tirof etiladi. Ushbu bandda belgilangan eng kam qiymat tatbiq etilmaydigan ko'chmas mulk ob'yektlari qonunchilikda belgilanadi. 2) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan ob'yektlar bo'yicha — tugallanmagan qurilishning o'rtacha yillik qiymati; 3) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida belgilangan ob'yektlar bo'yicha — mazkur ob'yektlarning o'rtacha yillik qiymati (realizatsiya qilinmagan qismi bo'yicha); 4) davlat ko'chmas mulk ob'yektini bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan sotib olgan xaridorga mol-mulk solig'i, agar mazkur ob'yekt uchun unga «tasarruf etish huquqisiz» belgisini qo'ygan holda davlat orderi berilgan bo'lsa, ob'yektning xaridor tomonidan mazkur ob'yekt bo'yicha sotib olish to'lovlarining to'langan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng o'rtacha yillik qoldiq qiymati. Bunda soliqlar davlat ko'chmas mulk ob'yekti bo'yicha sotib olish to'lovlarini bo'lib-bo'lib to'lash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. Ushbu grafik Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qo'mitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi. O'zbekiston Respublikasi norezidentlarining ko'chmas mulk ob'yektlariga nisbatan soliq bazasi ushbu mol-mulkning o'rtacha yillik qiymatidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.