Soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi quyidagilarning o'rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o'rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi:
1) madaniyat va san'at, ta'lim, sog'liqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort ob'yektlari mustasno), jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta'minot ob'yektlarining;
2) qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xo'jaligi korxonalari balansida bo'lgan mol-mulkning;
3) yangi neft va gaz quduqlarining — ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab ikki yil muddatga;
4) ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni joriy etgan soliq to'lovchilar ob'yektlarining yuqori texnologiyali ishlab chiqarish uskunalari egallagan qismi bo'yicha — ushbu uskunalar foydalanishga qabul qilingan sanadan e'tiboran uch yil muddatga.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan yangi neft va gaz quduqlariga nisbatan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugagandan keyin uch yil davomida belgilangan soliq stavkasining 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi qo'llaniladi.
Quyidagilar soliqdan ozod qilinadi:
1) yagona ishtirokchilari nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo'lgan va xodimlarining umumiy sonida nogironligi bo'lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan hamda nogironligi bo'lgan shaxslarning mehnatiga haq to'lash fondi mehnatga haq to'lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar;
2) umumiy quvvati quyidagicha bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari:
100 kVtgacha bo'lgan — qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari foydalanishga topshirilgan oydan e'tiboran uch yil muddatga, quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo'lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to'plash tizimi bilan quyosh panellari o'rnatilganda esa — ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan e'tiboran o'n yil muddatga;
100 kVt va undan ortiq bo'lgan — ular foydalanishga topshirilgan oydan e'tiboran o'n yil muddatga;
3) qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruktsiyalari, shu jumladan ularga o'rnatilgan hamda ularning ajralmas qismi bo'lgan konstruktsiyalar;
Yangi qurilgan ko'p qavatli ishlab chiqarish binolari bo'yicha (bundan respublika shaharlarida, shuningdek Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida joylashgan binolar mustasno) soliq to'lovchilar hisoblangan soliq summasini uch qavatli binoga nisbatan — 0,9, to'rt qavatli binoga — 0,8, besh qavatli binoga — 0,7, olti qavatli binoga — 0,6, yetti va undan yuqori qavatli binoga — 0,5 pasaytiruvchi koeffitsiyent qo'llanilgan holda, ushbu binolar foydalanishga topshirilgan oydan e'tiboran uch yildan ko'p bo'lmagan muddatda to'laydi. Bunda ushbu qismda belgilangan pasaytiruvchi koeffitsiyent:
mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan yordamchi xonalarni, xususan, ofis uchun va o'zi ishlab chiqargan mahsulotlarni realizatsiya qilish uchun xonalarni, tegishli kasbni egallash uchun tashkil etilgan o'quv-ishlab chiqarish xonalarini hisobga olgan holda, agar ularning maydoni yangi qurilgan ko'p qavatli ishlab chiqarish binosi umumiy maydonining 20 foizidan oshmasa;
agar binodan bir nechta xo'jalik yurituvchi sub'yekt ishlab chiqarish maqsadlarida birgalikda foydalanayotgan bo'lsa, binoning har bir mulkdori tomonidan qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
414-modda. Soliq imtiyozlari
(414-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1104-сонли Қонунига асосан 4-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1104/1213-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.