Ishlab chiqarish zonalarida ularning ish olib borishini ta'minlaydigan sanoat, kommunal, omborxona ob'yektlari, muhandislik va transportga oid infratuzilmalar ob'yektlari joylashtiriladi, shuningdek bunday ob'yektlarning sanitariya-muhofaza zonalari belgilanadi.
Sanoat, kommunal va omborxona ob'yektlarining sanitariya-muhofaza zonasida uylar, davlat ta'lim muassasalari, nodavlat ta'lim tashkilotlari, sog'liqni saqlash, dam olish ob'yektlari, jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish, sport inshootlari, jamoa bog'dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalari joylashtirilishiga, shuningdek qishloq xo'jaligi mahsuloti yetishtirilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Ishlab chiqarish zonalarining hududlarini obodonlashtirish shu zonalarda joylashgan ob'yektlarning mulkdorlari tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn66-modda. Ishlab chiqarish zonalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.