Shaharsozlik kodeksi

65-modda. Ijtimoiy-amaliy zonalar

Ijtimoiy-amaliy zonalar amaliy, moliyaviy, ijtimoiy faollik markazlarini, sog'liqni saqlash, madaniyat, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko'rsatish ob'yektlarini, davlat ta'lim muassasalarini va nodavlat ta'lim tashkilotlarini, ma'muriy, ilmiy-tadqiqot muassasalarini, ibodatxonalar va inshootlarni, ijtimoiy soha ob'yektlarini, shuningdek avtomobil transporti turargohlarini joylashtirish uchun mo'ljallangan. Ijtimoiy-amaliy zonalarga joylashtirish uchun ruxsat etilgan ob'yektlar ro'yxatiga uylar, mehmonxonalar, yer osti garajlari yoki ko'p qavatli garajlar kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.