Shaharsozlik kodeksi

67-modda. Muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari

Muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari havo, temir yo'l, avtomobil, daryo transporti va quvur orqali yetkazib berish transporti, aloqa inshootlari hamda kommunikatsiyalarini va muhandislik uskunalarini joylashtirish hamda ularning ishlab turishi uchun mo'ljallangan. Qulay hayot faoliyati muhitiga transport, aloqa inshootlari, kommunikatsiyalari hamda muhandislik uskunalari zararli ta'sir ko'rsatishining oldini olish bunday ob'yektlardan to turar joylar, ijtimoiy-amaliy, rekreatsiya zonalari hududlariga qadar zarur masofa bo'lishiga, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari, qurishning maxsus normativlari hamda qoidalari talablariga rioya etilishi orqali ta'minlanadi. Transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarining, muhandislik uskunalarining yer uchastkalari, shuningdek ularning sanitariya-muhofaza zonalari chegaralaridagi hududlar ushbu yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar tomonidan obodonlashtirilishi lozim. Foydalanilishi fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga to'g'ridan-to'g'ri zararli ta'sir ko'rsatadigan transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarini hamda muhandislik uskunalarini aholi punktlari doirasida joylashtirishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.