Turar joy zonalari ko'p qavatli uylar, o'rtacha va kam qavatli uylar, yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun mo'ljallangan.
Turar joy zonalari jumlasiga jamoa bog'dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan, aholi punktlarining chegaralari doirasida joylashgan hududlar ham kiradi.
Turar joy zonalarida sanitariya-himoya zonalarini belgilash talab etilmaydigan hamda faoliyati atrof-muhitga zararli ta'sir ko'rsatmaydigan (shovqin, tebranish, magnit maydonlari, radiatsiya ta'siri, tuproq, havo, suvning ifloslanishi va boshqa zararli ta'sirlar), alohida turgan, birgalikda qurilgan, birgalikda-qo'shimcha qilib qurilgan yoki qo'shimcha qilib qurilgan ijtimoiy va madaniy-maishiy ob'yektlarni, ibodatxonalarni, avtomobil transporti turargohlarini, sanoat, kommunal va omborxona ob'yektlarini joylashtirishga yo'l qo'yiladi.
Turar joy zonalarida yuzdan ortiq o'tirish joyi bo'lgan umumiy ovqatlanish korxonalarini, kino-videofilmlar namoyish qilinadigan statsionar va vaqtinchalik pavilonlarni, ochiq turdagi yozgi sahnalarni, kinoteatrlarni va raqs maydonchalarini joylashtirishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn64-modda. Turar joy zonalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.