Shaharsozlik kodeksi

63-modda. Aholi punktlarining hududiy zonalari

(63-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Aholi punktlarining hududlarida quyidagi hududiy zonalar belgilanishi mumkin: turar joy zonalari; ijtimoiy-amaliy zonalar; ishlab chiqarish zonalari; muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari; rekreatsiya zonalari; qishloq xo'jaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar; maxsus maqsadlarga mo'ljallangan zonalar; harbiy ob'yektlar va boshqa rejimli hududlar zonalari; shahar atrofi zonalari. Mahalliy sharoitlarga muvofiq xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari boshqa hududiy zonalarni belgilashi, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalarini hisobga olgan holda ularga yer uchastkalarini hamda boshqa ob'yektlarni kiritishi mumkin. Aholi punktlari hududiy zonalarining chegaralari qizil chiziqlar, tabiiy ob'yektlarning tabiiy chegaralari, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalari chegaralari inobatga olingan holda belgilanadi. Har bir hududiy zona uchun shaharsozlik reglamenti bilan belgilangan huquqiy rejim unda joylashgan barcha yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga va ularning majmualariga nisbatan bir xil qo'llaniladi. Chegaralarida shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinishi lozim bo'lgan hududiy zonalarda ayrim binolarni, inshootlarni hamda ularning majmualarini loyihalashtirish va qurishga nisbatan qo'shimcha talablar belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.