«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun

27-modda. Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish kafolatlari

Davlat shaxsga doir ma'lumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi. Mulkdor va (yoki) operator, shuningdek uchinchi shaxs shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha quyidagilarni ta'minlaydigan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko'radi: sub'yektning o'z shaxsiy hayotiga aralashuvdan himoya qilinish huquqi amalga oshirilishini; shaxsga doir ma'lumotlarning yaxlitligini va but saqlanishini; shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligiga rioya etilishini; shaxsga doir ma'lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldi olinishini.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.