«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun

27¹-modda. Shaxsga doir ma'lumotlarni saqlash va ularga ishlov berishning alohida shartlari

(27¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 26 мартдаги ЎРҚ-1125-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1125/0278-сон)

O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma'lumotlari ushbu Qonunning asosiy printsiplari ta'minlangan holda saqlanishi lozim. Quyidagi shaxsga doir ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi hududida saqlanishi shart: jismoniy shaxslarning biometrik ma'lumotlari; jismoniy shaxslarning genetik ma'lumotlari; O'zbekiston Respublikasi hududida o'z faoliyatini amalga oshirayotgan telekommunikatsiyalar operatorlaridagi ularning xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarning ma'lumotlari. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilmagan shaxsga doir ma'lumotlar kuyidagi shartlardan biri bajarilgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida saqlanishi va ularga ishlov berilishi mumkin: chet davlatni shaxsga doir ma'lumotlarning bir xil himoya qilinishini ta'minlovchi davlat sifatida tan olish; operator tomonidan vakolatli davlat organi tasdiqlaydigan talablarga javob beruvchi standart shartnomaviy shartlar yoki majburiy korporativ qoidalar qabul qilinishi va ularga rioya etilishi; ro'yxati vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan shaxsga doir ma'lumotlarni boshqarish va saqlash sohasidagi xalqaro standartlarga operator tomonidan rioya etilishi. Shaxsga doir ma'lumotlar bir xil himoya qilinishini ta'minlovchi chet davlatlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.