Sub'yektning anatomik va fiziologik o'ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi shaxsga doir ma'lumotlar biometrik ma'lumotlardir.
Sub'yektning nasldan-naslga o'tgan yoki orttirilgan xususiyatlariga taalluqli bo'lgan, sub'yektning biologik qiyofasini tahlil qilish yoki muqobil axborot olish imkonini beradigan boshqa elementni tahlil qilish natijasi bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlar genetik ma'lumotlardir.
Sub'yektning shaxsini aniqlash uchun foydalaniladigan biometrik va genetik ma'lumotlarga faqat mazkur sub'yektning roziligi mavjud bo'lgan taqdirda, bundan O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ro'yobga chiqarish, odil sudlovni amalga oshirish, ijro ishini yuritish bilan bog'liq hollar mustasno, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ishlov berilishi mumkin.
Elektron shakldagi biometrik va genetik ma'lumotlardan axborot tizimlaridan tashqarida foydalanish va ularni shunday tizimlardan tashqarida saqlash faqat ulardan ruxsatsiz foydalanishni istisno etadigan axborot tashuvchi moddiy jismlarda amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun
26-modda. Biometrik va genetik ma'lumotlarga ishlov berish
(26-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.