«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun

25-modda. Shaxsga doir maxsus ma'lumotlarga ishlov berish

Irqiy yoki ijtimoiy kelib chiqishga oid ma'lumotlar, siyosiy, diniy yoki dunyoqarashga oid e'tiqodlar, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga a'zolik to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek jismoniy yoki ruhiy (psixik) salomatlikka taalluqli ma'lumotlar, shaxsiy hayot va sudlanganlik to'g'risidagi ma'lumotlar shaxsga doir maxsus ma'lumotlardir. Shaxsga doir maxsus ma'lumotlarga ishlov berish taqiqlanadi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Shaxsga doir maxsus ma'lumotlarga ishlov berishga quyidagi hollarda yo'l qo'yiladi: vakolatli davlat organi tomonidan davlat xavfsizligini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni ta'minlash maqsadida; agar sub'yekt o'z shaxsga doir maxsus ma'lumotlariga ishlov berish uchun yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik bergan bo'lsa; agar shaxsga doir maxsus ma'lumotlar sub'yekt tomonidan hamma foydalanishi mumkin bo'lgan manbalarda e'lon qilingan bo'lsa; sub'yektning yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida; qo'zg'atilgan jinoyat ishi, ijro ishini yuritish doirasida sudlar va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati amalga oshirilayotganda; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilayotganda; davlat statistika organlari faoliyati amalga oshirilayotganda, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan statistika maqsadlari uchun shaxsga doir ma'lumotlardan foydalanilganda, ularni egasizlantirish sharti bilan; tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko'rsatilayotganda yoki tibbiy tashxis, davolash belgilanayotganda, bunday ma'lumotlarga shaxsga doir ma'lumotlarning himoya qilinishini ta'minlash majburiyati zimmasiga yuklatilgan tibbiyot xodimi yoki sog'liqni saqlash muassasasining boshqa shaxsi tomonidan ishlov berilishi sharti bilan; mehnatga doir munosabatlar sohasidagi huquqlar amalga oshirilayotganda va majburiyatlar bajarilayotganda; sub'yekt muomalaga layoqatsiz bo'lgan yoki uning muomala layoqati cheklangan taqdirda sub'yektning yoki uchinchi shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish ta'minlanayotganda; shaxsga doir ma'lumotlar, shu jumladan saylab qo'yiladigan davlat lavozimlariga nomzodlarning shaxsga doir ma'lumotlari hammaga e'lon qilinganda; nodavlat notijorat tashkiloti, diniy tashkilot, siyosiy partiya yoki kasaba uyushmasi faoliyati amalga oshirilayotganda, ishlov berish faqat shu tashkilotlar va birlashmalar a'zolarining yoki xodimlarining shaxsga doir ma'lumotlariga taalluqli bo'lishi hamda sub'yektlarning roziligisiz uchinchi shaxsga berilmasligi sharti bilan; ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berilayotganda, bu bolalar fuqarolarning oilalariga tarbiyalash uchun joylashtirilayotganda (patronat) hamda vasiylik va homiylikni ta'minlash bo'yicha boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilayotganda; shaxsga doir ma'lumotlarga davlat xavfsizligini ta'minlash maqsadida ishlov berilayotganda; sudlanganlik to'g'risidagi ma'lumotlarga o'z vakolatlari doirasida davlat organlari, shuningdek boshqa shaxslar tomonidan ishlov berilayotganda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.