Xo'jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko'rilishi kerak. Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yo'l qo'yilmaydi.
Taraflar xo'jalik shartnomalarini tuzish uchun xo'jalik yurituvchi sub'yektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasini olishga haqli.
Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar ko'rsatiladi:
xo'jalik shartnomasida ko'rsatilgan munosabatlar qaysi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinishi;
xo'jalik shartnomasi shartlarining qonunchilik talablariga mos kelish-kelmasligi;
taraflarning javobgarligi me'yori va nizolarni hal etish tartibi qonunchilik talablariga mos kelish-kelmasligi.
lex.uz’dagi asl matn«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun
21-modda. Xo'jalik shartnomalarini huquqiy ekspertizadan o'tkazish
(21-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Xo'jalik shartnomalarini imzolashdan oldin yuridik xizmati yoki advokat tomonidan qonun talablariga mos kelishini tekshirish kerak. Ekspertiza shartnomaning barcha shartlari, taraflarning javobgarligi va nizolarni hal etish usuli qonunga muvofiq ekanligini tekshiradi.
**Kimga tegishli**
Bu talabni xo'jalik yurituvchi sub'yektlar (kompaniyalar, korxonalar, tadbirkorlar) bajarishi shart.
**Amalda**
Savdo kompaniyasi boshqa firmaga tovar yetkazish shartnomasi tuzmoqchi. Imzolashdan oldin o'z yuridik xizmati shartnomani tekshiradi va xulosada yozadi: "Shartnom Savdo qonuniga mos, taraflarning javobgarligi aniq belgilangan, nizolar arbitrajda hal etiladi." Shundan keyin shartnoma imzolash mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.