«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun

20-modda. Xo'jalik shartnomasi sub'yektlariga yuridik xizmat ko'rsatish

(20-модда иккинчи қисмининг бешинчи ва олтинчи хатбошилари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Xo'jalik shartnomasi sub'yektlariga yuridik xizmat ko'rsatish ularning yuridik xizmatlari yoki ana shu maqsadda shartnoma asosida jalb etilgan advokatlar tomonidan amalga oshiriladi. Xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning yuridik xizmati: xo'jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o'zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini, shuningdek talabnoma bildirish va uni ko'rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi; shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da'vo ishlarini olib boradi; xo'jalik shartnomalari bajarilishi ustidan o'zaro tekshiruvlar o'tkazilishini nazorat qiladi; xo'jalik yurituvchi sub'yekt rahbariga imzolash uchun taqdim etilayotgan xo'jalik shartnomalari loyihalarining va ular bilan bog'liq huquqiy tusdagi boshqa hujjatlarning qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshiradi; tayyorlangan xo'jalik shartnomasi va u bilan bog'liq huquqiy tusdagi boshqa hujjat loyihasi qonunchilik talablariga mos emasligi aniqlangan taqdirda, o'z e'tirozini asoslagan holda uni qo'shimcha ravishda ishlab chiqish uchun qaytaradi; shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.