Xo'jalik shartnomalarining taraflari xo'jalik shartnomalari o'z vaqtida va lozim darajada bajarilishini o'zaro tekshirib turadilar. Shartnoma majburiyatlari buzilgan hollarda xo'jalik yurituvchi sub'yekt rahbari xo'jalik shartnomalari bajarilishi uchun chora-tadbirlar ko'rishi, xo'jalik yurituvchi sub'yektning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi, shuningdek zarur hollarda aybdor shaxsni javobgarlikka tortish choralarini ko'rishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun
22-modda. Xo'jalik shartnomalari bajarilishini o'zaro tekshirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.