Ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi qonun hujjatlari talablarini buzishda aybdor deb topilgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladilar.
Muharrir (bosh muharrir), shuningdek, jurnalist ommaviy axborot vositasida haqiqatga to'g'ri kelmaydigan materiallarni tarqatganlik uchun, agar ma'lumotlar: rasmiy xabarlardan olingan bo'lsa; axborot agentliklari yoki davlat organlarining matbuot xizmati orqali olingan bo'lsa yoxud muallifning oldindan yozib olinmay, to'g'ridan-to'g'ri efirga berilayotgan nutqlarida aytilgan bo'lsa, javobgar bo'lmaydilar.
lex.uz’dagi asl matn«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun
28-modda. Ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.