«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun

29-modda. Chet el ommaviy axborot vositalari vakolatxonalari va vakillarining O'zbekiston Respublikasidagi faoliyati

Chet el ommaviy axborot vositalari vakolatxonalari va vakillari O'zbekiston Respublikasida faoliyatni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o'tganlaridan keyin amalga oshiradilar. O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan chet el ommaviy axborot vositalari vakolatxonalari va vakillarining huquqiy maqomi va kasb faoliyatini amalga oshirish shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.