Yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida e'lon qilingan, haqiqatga to'g'ri kelmaydigan va o'zining sha'ni hamda qadr-qimmatiga dog' tushiradigan ma'lumotlar bo'yicha raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqlidir.
E'lon qilingan material tufayli huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan yuridik va jismoniy shaxslar o'z raddiyasini mazkur ommaviy axborot vositasi orqali e'lon qilishga haqlidir. Raddiya yoki javob maxsus ruknda yoxud ana shunga sabab bo'lgan material bosilgan ayni o'sha sahifada e'lon qilinishi shart. Raddiya yoki javob gazetalarda ular kelgan kundan e'tiboran bir oy muddat ichida, boshqa davriy nashrlarda esa navbatdagi sonda e'lon qilinadi.
Olingan raddiya yoki javob radioeshittirish yoki televideniye tahririyati tomonidan radioeshittirish yoxud teleko'rsatuvning ayni o'sha dasturi yoki turkumida, kelgan kunidan e'tiboran bir oy muddat ichida e'lon qilinadi.
Asosli va odob doirasidagi javob matnini, agar uni e'lon qilish hajm yoki vaqt nuqtai nazaridan ommaviy axborot vositasining faoliyatiga zarar yetkazmasa, tahrir qilishga yo'l qo'yilmaydi.
Ommaviy axborot vositasi raddiya yoki javobni e'lon qilishdan bosh tortsa yoxud ularni e'lon qilish uchun belgilab qo'yilgan muddatni buzsa, yuridik yoki jismoniy shaxs da'vo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun
27-modda. Raddiya berish va javob qaytarish huquqi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.