«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun

28-modda. Murojaat qilish huquqi

(28-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Nogironligi bo'lgan shaxslar davlat organlariga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga yakka tartibda yoki jamoa bo'lib murojaat qilish huquqiga ega. Davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari murojaatlarni ko'rib chiqayotganda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlari talablariga rioya etishi, ushbu murojaatlarning to'liq, xolisona va o'z vaqtida ko'rib chiqilishi uchun choralar ko'rishi, shuningdek nogironligi bo'lgan shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari tiklanishini hamda ularning qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash yuzasidan o'z vakolatlari doirasida choralar ko'rishi shart. Davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari nogironligi bo'lgan shaxslarning murojaatlar (arizalar, shikoyatlar, takliflar) bilan kirishi uchun quyidagilar vositasida zarur shart-sharoitlar yaratishi shart: shaxslararo muloqot vositasi sifatida imo-ishora tilini e'tirof etish va qo'llab-quvvatlash, shuningdek uni rivojlantirish hamda jamiyat va davlat hayot faoliyatining turli sohalarida qo'llash choralarini ko'rish; nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish uchun zarur bo'lgan hollarda surdotarjima xizmatlarini ko'rsatish; nogironligi bo'lgan shaxslar tomonidan o'z murojaatini imzolash uchun faksimil imzodan foydalanish. Eshitishi va nutqi bo'yicha nogironligi bo'lgan shaxslarga: tergov harakatlarini amalga oshirishda yoki jinoyat, fuqarolik, ma'muriy va iqtisodiy ishlar bo'yicha sud protsesslarida ishtirok etish chog'ida; hujjatlarni yoki bitimlarni notarial tartibda rasmiylashtirishda; avtomobilni boshqarish ko'nikmalariga yoki kompyuter savodxonligiga o'qish chog'ida; davlat xizmatlari ko'rsatish chog'ida surdotarjimon xizmatlari ko'rsatiladi. Eshitishi va nutqi bo'yicha nogironligi bo'lgan shaxslarga surdotarjimon xizmatlari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ko'rsatilishi mumkin. Davlat har yili surdotarjimonlar, surdopedagoglar, defektologlar va logopedlar tayyorlanishini ta'minlaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.