Nogironligi bo'lgan shaxsning faksimil imzosi — sog'lig'ining holatiga ko'ra (ko'rishning buzilishi, qo'l-oyoqlar yo'qligi, harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi, falajlik) o'z qo'li bilan imzo qo'yish imkoniyatiga ega bo'lmagan nogironligi bo'lgan shaxsning o'z qo'li bilan qo'ygan imzosi o'rnini bosadigan, maxsus tayyorlangan shtamp (klishe).
Nogironligi bo'lgan shaxsning faksimil imzosi nogironligi bo'lgan shaxs tomonidan faqat, agar u o'zining jismoniy nuqsonlari sababli zarur hujjatlarni imzolash chog'ida o'z qo'li bilan imzo qo'yish imkoniyatiga ega bo'lmasa, qo'llanilishi mumkin.
Faksimil imzo nogironligi bo'lgan shaxs uchun tayyorlanadi va uning tomonidan butun hayoti davomida foydalaniladi. Faksimil imzo yo'qolgan taqdirda uning dublikati tayyorlanadi.
Hech kim faksimil imzodan foydalanishi munosabati bilan o'z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda cheklanishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun
29-modda. Nogironligi bo'lgan shaxsning faksimil imzosi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.