Davlat organlari va tashkilotlar nogironligi bo'lgan shaxslarning moddiy madaniy meros ob'yektlaridan, turistik hamda sport ob'yektlaridan va inshootlaridan, shuningdek dam olish ob'yektlaridan foydalanishini ta'minlaydi.
Teatrlar, muzeylar, kinoteatrlar, axborot-kutubxona muassasalari va axborot-resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog'lari nogironligi bo'lgan shaxslar foydalanishi uchun qulay bo'lishi kerak.
Nogironligi bo'lgan shaxslarning moddiy madaniy meros ob'yektlaridan, turistik va sport ob'yektlari hamda inshootlaridan, shuningdek tashkilotning dam olish ob'yektlaridan foydalanishini ta'minlash maqsadida, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, tashkilotlar nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari ishtirokida:
nogironligi bo'lgan shaxslarning va ular oilalarining madaniy, sport hamda turistik tadbirlarda ishtirok etishiga ko'maklashadi;
nodavlat notijorat tashkilotlari bilan sheriklikda madaniy, sport va ko'ngilochar tadbirlar o'tkazilishini tashkil etadi;
nogironligi bo'lgan shaxslarga sport bilan shug'ullanish, sport musobaqalarini o'tkazish va ularda ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratadi;
faoliyati nogironligi bo'lgan shaxslarni sport bilan shug'ullanishga va jamiyatning madaniy hayotiga jalb etishga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlariga ko'maklashadi;
nogironligi bo'lgan shaxslarning barcha darajalardagi sport tadbirlarida ishtirok etishini targ'ib qilish va rag'batlantirishda ishtirok etadi.
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, tashkilotlar nogironligi bo'lgan shaxslarning sport inshootlari ob'yektlaridan, dam olish ob'yektlaridan, shuningdek turistik ob'yektlardan foydalanishini, shu jumladan bepul asosda foydalanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Davlat mulki bo'lgan jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport inshootlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida belgilangan tartibda nogironligi bo'lgan shaxslarga sport bilan shug'ullanish uchun bepul asosda taqdim etiladi.
Davlat sportning paralimpiya turlari bo'yicha murabbiylar, hakamlar hamda boshqa mutaxassislarni o'qitish va tayyorlashni ta'minlaydi.
Davlat organlari nogironligi bo'lgan shaxslarning sport bilan shug'ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish va ularni sport bilan shug'ullanishga jalb etishga doir dasturlarni nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda har yili ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.
Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarning sport bilan shug'ullanishini moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash tizimini yaratadi.
lex.uz’dagi asl matn«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun
27-modda. Madaniy hayotda ishtirok etishga, dam olishga va sport bilan shug'ullanishga bo'lgan huquq
(27-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 декабрдаги ЎРҚ-1102-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.12.2025 й., 03/25/1102/1173-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.