«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun

26-modda. Axborotdan foydalanish

Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarga axborot olish huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi hamda nogironligi bo'lgan shaxslarni keng omma uchun mo'ljallangan, qulay formatlardagi va nogironlikning turli shakllari hisobga olingan texnologiyalardan foydalangan holda axborot bilan ta'minlaydi. Davlat odamlar o'rtasidagi muloqot vositalari sifatida imo-ishora tilidan, muloqotning boshqa muqobil shakllaridan foydalanilishiga ko'maklashadi. Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarga televizion dasturlar, filmlar, teatr tadbirlari va boshqa madaniy tadbirlarning ular uchun qulay formatlarda bo'lishini ta'minlaydi. Davlat telekanallarida yangiliklar ko'rsatuvlarining surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishi ta'minlanadi. Davlat kommunikatsiyaning muqobil shakllaridan (Brayl harflaridan va ovozli shakllardan) foydalangan holda badiiy adabiyotlar, maktab darsliklari, boshqa didaktik materiallar va o'qitish vositalari nashr etilishini ta'minlaydi. Davlat organlari va tashkilotlar o'z rasmiy veb-saytlariga joylashtirilgan axborot bilan qulay tarzda tanishish hamda xizmatlardan foydalanish uchun nogironligi bo'lgan shaxslarga qo'shimcha imkoniyatlarni yaratishi shart. Davlat organlari va tashkilotlar axborot-kommunikatsiya uskunalarining hamda axborot ta'minotining davlat xaridlariga davlat buyurtmasini amalga oshirishda nogironligi bo'lgan shaxslarning barcha toifalari uchun qulaylik mezonlariga rioya etilishini hisobga olishi kerak. Davlat organlari va tashkilotlar, zarur bo'lgan taqdirda, mazkur davlat organining yoki tashkilotning vakili va eshitishida nuqsonlari mavjud nogironligi bo'lgan shaxs o'rtasidagi muloqotni ta'minlash uchun imo-ishora tili tarjimonini shartnoma bo'yicha yollaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.