«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun

17-modda. Nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari

(17-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 5 сентябрдаги ЎРҚ-955-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.09.2024 й., 03/24/955/0688-сон)

Nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini shakllantirishda: respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, xo'jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ta'minlash yuzasidan takliflar kiritish; nogironligi bo'lgan shaxslarga tegishli ijtimoiy xizmat turlarini taqdim etish samaradorligini baholashda ishtirok etish; nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlash masalalari bo'yicha ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga takliflar kiritish; Nogironligi bo'lgan shaxslar ishlari bo'yicha idoralararo kengash ishida va majlislarida ishtirok etish; vakolatli davlat organlari bilan birgalikda sport, ma'rifiy va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish yo'li bilan ishtirok etishga haqlidir. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironligi bo'lgan shaxslarning manfaatlariga daxldor qarorlarni tayyorlash hamda qabul qilishda nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari va ularning vakolatli vakillari bilan hamkorlik qiladi. Yuridik va jismoniy shaxslar nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalariga moddiy-texnik hamda moliyaviy yordam ko'rsatishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.