Nogironlik belgisi bo'yicha har qanday kamsitish taqiqlanadi.
Teng imkoniyatlarni ta'minlash va nogironlik belgisiga ko'ra kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik uchun davlat organlari nogironligi bo'lgan shaxslarning ob'yektlar hamda xizmatlardan, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalardan, sog'liqni saqlashdan, ta'limdan, ishga joylashishdan, shuningdek axborotdan va aloqa vositalaridan teng ravishda foydalanish imkoniyatlarini ta'minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Davlat kamsitilishning barcha shakllaridan nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqiy jihatdan teng ravishda va samarali himoya qilinishini kafolatlaydi.
Davlat insonning asosiy huquqlari va erkinliklaridan foydalanish imkoniyatini berishda nogironligi bo'lgan shaxslarning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'radi.
lex.uz’dagi asl matn«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun
18-modda. Nogironligi bo'lgan shaxslarning tengligini ta'minlash va kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.