«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun

16-modda. Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarining nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashda ishtirok etishi

(16-модда иккинчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashga ko'maklashadi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari: nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashga doir faoliyatni amalga oshirish chog'ida davlatdan va belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlardan huquqiy, uslubiy, tashkiliy hamda moliyaviy yordam olishi; nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish bilan bog'liq muammolarni hal etishda, shuningdek tegishli tadbirlarni moliyalashtirishda ishtirok etishi; nogironligi bo'lgan shaxslarning boshqa fuqarolar bilan teng ravishda binolardan, inshootlardan, transportdan, axborotdan va aloqa vositalaridan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda tizimlaridan, shuningdek boshqa ob'yektlardan va aholiga ko'rsatiladigan xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etishi mumkin; nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashga doir boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.