Ishda ishtirok etuvchi shaxs ariza (shikoyat) yuzasidan arz qilingan talabga qarshi e'tirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yozma fikrning hamda ularda mavjud bo'lmagan hujjatlarning ko'chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni ish ko'riladigan kungacha yetib borishini ta'minlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli.
Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikrda ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining turgan joyi (pochta manzili), telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili (agar ular mavjud bo'lsa) ko'rsatiladi.
Ariza (shikoyat) bo'yicha yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ish yuritishga doir vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeks
135-modda. Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.